"Liverpul" mavsumni ikkinchi tarkib bilan yakunlamoqchi emas

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 17:43
APL qayta boshlangan taqdirda "Liverpul" mavsumni asosiy tarkib futbolchilari bilan yakunlamoqchi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, Klopp futbolchilarni muvozanatda ushlab turish maqsadida mavsum yakuniga qadar ham maydonda eng kuchli tarkib o'ynaydi. Titul qo'lga kiritilganidan keyin ham yoshlar tarkibi o'ynamaydi.

Hozircha APLni qayta boshlash borasida aniq muddat yo'q. Haftaning har dushanba kunida APLning barcha klublari vakillari video-konferenciya orqali ligani qayta boshlash borasida fikr almashishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph