"Liverpul" kuchli beshlik chempionatlari orasida rekord o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
12 may 2019, 22:27
APLning so'nggi tur bahslaridan so'ng, Liverpul hisobidagi ochkolar soni 97taga etdi va ular chempion Manchester Sitidan bir ochko kam to'plagan holda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Kuchli beshlik birinchiliklari orasida hali birorta ham jamoa mersisaydliklar kabi ochko yig'ib, titulga ega chiqa olmaslik natijasiga erishmagandi. 

Bundan avvalgi ko'rsatkich esa, 2010-yilda Real tomonidan qayd etilgan. O'shanda qirollik klubi 96 ochko to'plab, mavsum g'olibi Barselonadan  3 ochkoga ortda qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live