"Liverpul" Kezani Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmagani ma'lum bo'ldi

Administrator
4 sen 2025, 00:50
Federiko Keza kamida qishgacha Yevropa Chempionlar Ligasida o'ynay olmaydi.

Qanot hujumchisi "Liverpul" tomonidan UEFAga yuborilgan YCHLda o'ynovchi futbolchilar ro'yxatiga kiritilmagan. Ro'yxatga 22 nafar futbolchi kiritilgan bo'lib, unda Federiko yo'q. Qizig'i, ro'yxatdan 17 yoshli Rio Ngumoa bor. 

Joriy mavsumda Keza APLning uchta o'yinida ishtirok etib, bitta gol urdi. "Liverpul"ning YCHL qaydnomasini bu yerda ko'rishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: uefa.com