“Liverpul” futbolchisi: “Roberto Karlosning zarbasiga ega bo'lish uchun katta pul berardim”

Eldor Akmurzayev
9 apr 2020, 21:45
Endryu Robertson Instagram'dagi sahifasi orqali muxlislarning savoliga javob qaytardi.

- Shotlandiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi?

- “Liverpul” futbolchisi ekanligimni inobatga olsak, bu “Qirol Kenni” ekanligini sezish qiyin emas (Kenni Dalglish).

- Eng yaxshi chap qanot himoyachisi?

- O'ylashimcha, Roberto Karlos. Uning zarba berish mahoratiga ega bo'lish uchun katta mablag' bergan bo'lardim.

Shuningdek, Robertson Shotlandiya termasi sardori bo'lish qanchalik masuliyat berishi haqda gapirdi:

“Chap qo'limdagi sardorlik bog'ichini taqish – meni g'ururga to'ldiradi. O'z mamlakating terma jamoasini maydonga boshlab tushish esa bu dunyodagi o'zgacha tuyg'u hisoblanadi”

- “Liverpul” besh a'zosidan tashkil topgan ramziy jamoa?

- Eng yaxshi jamoa – men hozir birga o'ynayotgan yigitlardir. Biroq, agarda ularni hisoblamaydigan bo'lsak, u holda: Klemens - Xansen, Jerrard, Alonso, Dalglish.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua