"Liverpul" "Enfild" ta'mirlash ishlarini bir yilga kechiktirdi

Mirjalol Normatov
27 apr 2020, 21:29
"Liverpul" matbuot xizmati koronavirus pandemiyasi sababli "Enfild"da olib boriladigan ta'mirlash ishlarini kechiktirayotganini ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ta'mirlash ishlari kamida bir yilga cho'zilgan. Stadionning qurilish ishlarini yakunlash uchun 2023 yil yozi tanlab olingan.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" stadioni sig'imini 54 mingdan 61 minggacha oshirmoqchi edi va bu ishlar 2022 yilning yozida yakunlanishi rejalashtirilgandi.

Bugungi kunga kelib, Angliyada 153 365 nafar inson koronavirusdan zararlangan bo'lsa, shularning 20 767 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal