"Liverpul" - YCHL g'olibligiga asosiy davogar. "Aston Villa" esa TOP-10da

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2025
Opta superkompyuteri o'tish bahslaridan keyin YCHL favoritlari reytingini yangiladi.

Bugungi kunda g'oliblikka asosiy nomzod sifatida kecha APL doirasida "Aston Villa"ni enga olmagan "Liverpul" jamoasi ko'rilmoqda. Slot shogirdlari bosh sovrinni qo'lga kiritishi ehtimoli 20,2%ga baholanmoqda.


Kuchli o'ntalik quyidagicha ko'rinish olgan: 

1. "Liverpul" – 20,2%

2. "Arsenal" – 16,8%

3. "Barselona" – 12,7%

4. "Inter" – 12,4%

5. "Real" – 10,5%

6. PSJ – 8,8%

7. "Bayer" – 4,6%

8. "Bavariya" – 4,2%

9. "Atletiko" – 3,8%

10. "Aston Villa" – 1,2%


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta