

"Men keyinchalik "Manchester Yunayted" afsonalariga aylangan ikki nafar futbolchini qo'ldan chiqarganman. Bizning asosiy skautimiz Ron Yeyts menga daniyalik yosh darvozabon Peter Shmeyxelni ko'z ostiga olib qo'yganini aytdi. U "Liverpul"ning muxlisi edi, biroz muddat biz bilan birga bo'lish uchun hatto o'z hisobidan bu erga kelishga va mehmonxonaga joylashishga tayyor edi. O'sha paytda men Bryus Grobbelarni sekin-asta tarkibdan chiqarishga urindim, bu esa boshqotirish edi. Kamiga Devid Jeyms bilan shartnoma imzoladik. Shuning uchun, katta sportga endigina kirib kelayotgan kiperni xarid qilmaslikka qaror qildim.
Erik Kantona - men qo'ldan chiqargan yana bir o'yinchi. Biz uyda "Oser"ga qarshi o'ynadik va bahsdan so'ng Mishel Platini meni ko'rgani keldi. U men uchun futbolchisi borligini aytdi - muammolarga boy yigit, lekin foydali o'yinchi. Bu Kantona edi, lekin yana bir og'ir fel-atvorli o'yinchi shart emasdi.
Menda bir nechta ana shunday futbolchilar bor edi, men o'zimga boshog'riq qo'shib olishni istamaganman. Shuning uchun uni yumshoqlik bilan rad etganman va boshqa kimnidir topishini aytganman", - dedi Suness.
Suness qo'lostida "Liverpul" 1991 yildan 1994 yilgacha faqatgina Angliya kubogini qo'lga kiritgan.




