"Liverpul" "Benfika" hujumchisi Nunes uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
6 iyun 2022, 14:10
"Liverpul" "Benfika" hujumchisi Darvin Nunes uchun da'vogarlar orasida bor.

Angliya klubi 22 yoshli forvardning ehtimoliy transferi borasida dastlabki muzokaralarni o'tkazdi.

Nunes 2021/22 yilgi mavsum lissabonliklar safida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 4ta assist qayd etdi. 

Uning klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Times