"Liverpul" APL yulduziga qiziqish bildirmoqda. Biroq U Amorim jamoasida to'p surmoqchi

Khoja
22 noya 2025, 09:26
"Liverpul" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonga qiziqish bildirmoqda.

Biroq futbolchining o'zi "Manchester Yunayted"ga o'tishni va Ruben Amorim qo'l ostida futbol o'ynamoqchi, deb xabar beradi TEAMtalk.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchi "qizil iblislar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “O'rmonchilar” Anderson uchun 120 million funt (136,8 million evro) talab qilishmoqda, biroq “qizil iblislar” futbolchini 60 million funt (68,4 million evro)ga sotib olishni reja qilmoqda.

Yarim himoyachi 2024 yilning yozida "Nyukasl"dan "Nottingem Forest"ga o'tgan edi. Bu davrda Anderson barcha musobaqalarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: TEAMtalk