"Liverpul" Aleksandr-Arnold o'rniga "Yuventus"dan Kambyazoni ko'rib chiqmoqda

Administrator
27 mar 2025, 00:17
"Liverpul" yozda "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Mersisaydliklar "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Trent Aleksandr-Arnold o'rniga 25 yoshli futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Avvalroq jurnalist Sasha Tavoleri Aleksandr-Arnold madridliklar bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashga kelishib olgani, u 1 iyuldan, yani himoyachi erkin agentga aylanganidan keyin kuchga kirishi haqida xabar bergandi.

Kambyazo 2022 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport