"Liverpul" 20 million evroga futbolchisini sotdi

Alisher
11 iyul 2022, 17:11
APLga chiqqan "Nottingem Forest" "Liverpul" qanot himoyachisi Neko Uilyamsni xarid qildi.

O'ng qanot mudofaasida harakat qiluvchi 21 yoshli uelslik futbolchi "Nottingem" bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

Transfermarkt transferni 20 million evroga baholamoqda.

Uilyams "Liverpul" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U mersisaydliklarning asosiy jamoasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk