Lisandro Martines: "Angliyaga borib, "Manchester Yunayted"da o'ynash – orzu"

Sherzod Nurmatov
16 mar 2023
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines mankunianlar klubida o'ynash sharaf ekanligini aytdi.

"Har qanday futbolchining ishtiyoqi yurak bilan o'ynashdir. Muxlislarimiz bilan yaqin munosabatdamiz. Muxlislar mening ismimni aytishayotganini eshitib, ta’sirlandim. 

Angliyaga kelib, "Manchester Yunayted"da o'ynash – bu orzu", – dedi Martines.

16 mart, payshanba kuni "Manchester Yunayted" Sevilyada Yevropa Ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Betis"ga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com