Lionel Messi qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Administrator
27 mar 2024, 21:40
Futbolchi hozirda maydonda o'zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qildi.

"Inter Mayami" klubi hamda Argentina termasi futbolchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlash borasidagi savolga javob qaytardi.

"Qachonki boshqa futbol o'ynay olmasligimni, jamoadoshlarimga yordam bera olmayotganimni va o'yindan zavqlanmayotganimni sezgan zaxotim faoliyatimni yakunlayman. 

Faoliyatimni qaysi yoshda yakunlashim ahamiyatsiz. O'zimni yaxshi his qilsam, o'ynashda davom etaveraman", -deydi Lionel Messi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano