Lionel Messi "Klasiko"ni televizorda tomosha qildi

Оқил Абдубарноев
6 apr 2023, 22:03
"Kamp Nou"da bo'lib o'tgan Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Real" "Barselona"ni 4:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l oldi.

10-daqiqada tribunadagi “Barselona” muxlislari "Messi! Messi!" deya baqirgan.

Ma'lum bo'lishicha, Lionel Messiga atalgan hayqiriqlar "Barselona" rahbarlari tomonidan uyushtirilgan.

Manbaning xabariga ko'ra, 2021 yildan beri PSJda o'ynayotgan "Barselona"ning sobiq hujumchisi o'yinni televizor orqali tomosha qilgan va muxlislarning hayqiriqlarini eshitgan.

Oldinroq Lionel Messi mavsum yakunlangach, "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Barca Universal