Lionel Messi: “Kerak bo'lsa qarshi hujumga tayangan holda faqat himoyada o'ynaymiz”

20 sen 2013, 12:31
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi, Xerardo Martino boshchiligida jamoa o'yinidagi o'zgarishlar xususida gapirib o'tdi.

“O'yinimizda qancha ko'p o'yin sxemasi bo'lsa, shunchalik yaxshi bo'ladi. Bazi vaziyatlarda to'pni boshqarib turib maydonda yakka hukumron bo'lish mumkin, bazi vaziyatlarda esa qarshi hujum tayangan holda faqat himoyada o'ynashga to'g'ri keladi.

Bizda tezkor o'yinchilar ham yaxshi to'p uzata oladigan o'yinchilar ham talaygina”, - deya ta'kidladi argentinalik futbolchi.


Manba: sports.ru