

G'alati, - deb yozib qoldirdi Lionel Messi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, Argentina 90+16-daqiqada gol urgandi, ammo hakam muxlislarning maydonga tushgani sabab o'yinni to'xtatadi va jamoalarni kiyinish xonasiga olib kirib ketadi. Oradan ikki soat o'tganidan so'ng esa jamoalar bo'sh stadionga qaytishadi. Argentinaning goli bekor qilinib, uch daqiqa o'ynalgandan so'ng hushtak chalinadi. Marokash esa yakunda g'alaba qozondi.



