"Lion" Paketani 65 mln evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor

Alisher
11 iyul 2022, 15:10
"Arsenal" "Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketaga qiziqish bildirmoqda.

Ben Jeykobsning xabariga ko'ra, francuz klubi 24 yoshli braziliyalikni 65 mln evro va bonuslar evaziga sotishga tayyor.

Qayd etish kerakki, "kanonirlar" buni yuqori deb hisoblashadi va shu sabab taklif berishmaydi.

Paketa o'tgan mavsum "Lion" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning francuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/jacobsben