“Lion” yetakchisi PSJga qarshi o'ynamasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020, 09:50
Memfisning muhim o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.

“Lion” hujumchisi Memfis Depayning Liga 1 14-turi doirasida PSJga qarshi o'tadigan bahsdagi ishtiroki noma'lum bo'lib turibdi. “Lion” va PSJ o'rtasidagi bahs 13 dekabr kuni 01:00 da boshlanishi belgilangan. Ma'lumotlarga ko'ra, Depayda kichik jarohat bo'lishi mumkin.

26 yoshli hujumchi joriy mavsum “Lion” safida 13 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+