"Lion" bilan o'yindagi xatolardan so'ng: Onana oilasini policiya qo'riqlamoqda

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025, 16:13
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana oilasi Yevropa Ligasi chorak finalida "Lion"ga qarshi o'yinda futbolchi jiddiy xatolarga yo'l qo'yganidan so'ng policiya himoyasiga olindi.

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Angliya klubi va Fransiyaning "Lion" jamoasi o'rtasidagi o'yin 10 aprel kuni Lion shahridagi "Grupama"da bo'lib o'tdi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida shvetsiyalik Glenn Nyuberg ishladi. 2:2 hisobidagi shiddatli o'yinda Onana ikki marta xatoga yo'l qo'ydi, bu esa "Yunayted" zarariga gollar olib keldi.

Darvozabonga qaratilgan tanqid va tahdidlar fonida huquq-tartibot idoralari uning oilasi xavfsizligini kuchaytirdi. Javob o'yini 17 aprel kuni Manchestyerda bo'lib o'tadi va unda jamoalar turnirning yarim final ishtirokchisini aniqlaydi.

Kamerunlik posbon 2023 yilning yozida "Inter"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail