"Lion" 12 yil deganda yana kubok finaliga chiqdi

Tolibjon Qosimov
3 apr 2024
Tunda Fransiya kubogi yarim finali doirasida "Lion" jamoasi "Valensen"ni qabul qildi.

Bellashuvda Per Saj shogirdlari yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Shu tariqa, "Lion" 12 yil deganda yana kubok finalida o'ynaydi. Finalda ularga qarshi PSJ - "Renn" juftligi g'olibi maydonda saf tortadi.

"Lion" oxirgi marta 2012 yil finalda to'p tepgan va "Keviyi" jamoasini Lisandro Lopesning yagona goli evaziga mag'lub etgan. Qizig'i o'sha finalda Aleksandr Lyakazett ham asosiy tarkibda o'ynagan. Lyakazett kechagi bahsda dubl qayd etdi va xuddi "Lion" kabi 12 yil o'tib yana Fransiya kubogi finalida o'ynashi mumkin. Jamoa umumiy hisobda mamlakat kubogini 5 bor qo'lga kiritgan.

Fransiya kubogi

Yarim final

02.04.2024

"Lion" - "Valensen" 3:0

Gollar: A.Lyakazett (pen.) 51, 57, Gift Orban 75


Eslatib o'tamiz, "Lion" Fransiya chempionatida 27 turdan keyin bor yo'g'i 10-o'rinda bormoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia