Lingard to'xtamayapti

11 apr 2021, 19:01
Yarim himoyachi Jessi Lingard ijara asosida "Manchester Yunayted"dan "Vest Xem" tarkibiga ko'chib o'tganidan beri samarali o'yin ko'rsatib kelyapti.

28 yoshli futbolchi APL 31-turi doirasida o'tkazilayotgan "Lester" (2:0, tanaffus) bilan bahsning 1-bo'limida "tulkilar" darvozasiga 2 bor yo'l topdi.

Shunday qilib, "bolg'achilar" tarkibida 9-o'yinini (APL doirasida) o'tkazayotgan Jessi 7 va 8-gollarini urdi. Bundan tashqari, uning hisobida 3 ta golli uzatma ham bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia