Lingard ilk bor Angliya terma jamoasiga taklif qilindi
Narzulla Saydullayev
15 noya 2015, 18:00
MYUning 22 yoshli yarim himoyachisi Jessi Lingard ilk bor Angliya terma jamoasidan taklif oldi.
Futbolchi 17 noyabr kungi Fransiyaga qarshi o'tadigan o'rtoqlik uchrashuviga chaqiruv oldi. Roy Xojson Lingardni jarohat olgan Maykl Kerrik va Jeymi Vardining o'rniga Angliya terma jamoasiga taklif etdi.