Lindelyof koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
28 dek 2021, 11:34
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik flesh-intervyuda himoyachi Viktor Lindelyofning koronavirusga musbat test topshirganini ma'lum qildi.

Futbolchi "Nyukasl" (1:1)ga qarshi Angliya chempionati 19-tur doirasidagi o'yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.

"Manchester Yunayted" ayni damda 17 o'yindan so'ng 28 ochko jamg'argan holda, jadvalning 7-o'rnida bormoqda.

"Nyukasl" esa "qizil iblislar"ga qarshi o'yindagi 1 ochkodan so'ng, 19-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports