"Lill" hujumchisi uchun "Barselona" va "Bavariya" klublari kurashishadi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2019, 12:45
RMC nashri xabar berishicha, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Lill"ning yosh hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda.

O'z navbatida, futbolchi "Bavariya"ning diqqatini ham jalb etib ulgurgan, Myunxen klubi skautlari "Lill" ishtirokidagi bir necha uchrashuvlarda qatnashib, 20 yoshli hujumchining harakatlarini kuzatishgan.

Takidlash lozimki, Osimxen 2017 yildan buyon Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC