“Lill” 35 yoshli posbon uchun 5 million evrodan voz kechdi

5 sen 2020, 01:09
“Napoli” posboni Orsetis Karnezis “Lill” futbolchisiga aylandi.

Bu haqda francuz klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

OAV xabarlariga ko'ra, francuz klubi 35 yoshli posbon uchun 5 million evrodan voz kechgan. Kelishuvning boshqa jihatlari oshko qilinmayapti.

“Lill”ga o'tganimdan baxtiyorman. Bu men uchun katta chaqiriq. Gretsiya, Italiya, Ispaniya va Angliyadan keyin men o'z kuchimni  yana bir yangi chempionatda sinab ko'raman. Yildan yilga rivojlanib borayotgan klubda ekanligimdan xursandman”, deya ta'kidlab o'tdi darvozabon.

2018 yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilgan Karnezis bungacha “Panatinaikos”, “Udineze”, “Granada”, “Uotford” va boshqa jamoalarda to'p tepgan. 2012 yildan buyon Gretsiya termasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Лилль" клуби расмий сайти