Liga Kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ga to'rtta gol urdi, mehmonlarda ikkita qizil

Narzulla Saydullayev
31 may 2019
O'zbekiston Liga Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 2-daqiqasida Sherzod Nasrullaevning kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. 4-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Golban boshi bilan darvozaga yo'lladi, zarba noaniq ketdi.

8-daqiqada yana Nasrullaev jarima maydoni ichidan zarba berdi, Mamatxonov to'pni qaytardi. Keyingi daqiqada "Navbahor"ning hujumi vaqtida Nasimovning zarbasini Ne'matov qaytardi, so'ngra Mozgovoy va Ne'matov to'qnashib kyetishdi. 

10-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Xojiakbar Yunusovning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvoza chizig'i ustida turgan himoyachi qaytarib yubordi. 

17-daqiqada Aziz Ibragimovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 

21-daqiqada Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi - 1:0. 

22-daqiqada Humoyun Murtozaev dublga erishdi - 2:0. 

23-daqiqada Aziz Ibragimov raqib yuziga urgani uchun maydondan chetlatildi. VIDEONI KO'RISH

 44-daqiqada Boburbek Davlatovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

49-daqiqada G'iyos Komilov o'z jarima maydoni ichida Mozgovoyni ushlab qolgani uchun penalti belgilandi. Umar Eshmurodov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 3:0.

63-daqiqada Bobir Davlatovning zarbasidan so'ng, to'p himoyachilardan biriga tegib, maydonni tark etdi. 

74-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to'pni Narzullaev yaqin masofadan noaniq yo'lladi.

80-daqiqa. G'iyosjon Komilov Xudoyorxon Sadullaevga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi marta sariq kartochka bilan "siylandi" va u qizil kartochkaga aylanib, maydondan chetlatildi.

89-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Xudoyorxon Sadullaev gol urdi - 4:0.  

Uchrashuvda "Nasaf" 4:0 hisobida g'alaba qozondi.


Liga kubogi, 1-tur
NASAF – NAVBAHOR - 4:0
31 may 2019 yil. Qarshi. "Markaziy" stadion. 19:15
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, Shoxruh A'zamov, Ravshan Kopadze
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Humoyun Murtozaev 21, - 1:0. Humoyun Murtozaev 22, - 2:0. Umar Eshmurodov 50 penalti, - 3:0. Xudoyorxon Sadullaev  89, - 4:0.

"Nasaf": Abduvohid Ne'matov, Humoyun Murtozaev, Jo'rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Doniyor Narzullaev (Xudoyoxon Sadullaev, 77), Bobir Davlatov (Sardor Sadullaev, 77), Sardor Abduraimov, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov, Sherzod Nasrullaev, Umar Eshmurodov

"Navbahor": Mirzohid Mamatxonov, Aziz Ibragimov, Slavko Lukich (Mirzohid G'ofurov, 56), Shahzod Shaymanov, Bahodir Nasimov, Igor Golban, Xojiakbar Yunusov, Abdujamol Isroilov, G'iyos Komilov, Ulug'ek Aknazarov (Shohruhmirzo Ahmadaliev, 46), Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 23, G'iyos Komilov 49, Abdujamol Isroilov 84,

Chetlatishlar: Aziz Ibragimov 23, G'iyos Komilov 80.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia