Liga 1. PSJ yangi yilni mag'lubiyat bilan boshladi. Ramosning 34 o'yinlik muvaffaqiyatli seriyasi “Bollar-Delelis”da yakunlandi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2023, 08:40
Fransiya chempionati 17-turida musobaqa peshqadami PSJ eng yaqin taqibchisi “Lans” maydoniga safar qilib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlar safida Pshemislav Frankovski, Loi Openda va Aleksis Klod Moris raqib darvozasini ishg'ol etdi. Parijliklardan esa Ugo Ekitike yagona gol muallifi bo'ldi.

Shu tariqa, Serxio Ramosning PSJdagi 34 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Parij grandi ayni vaqt Liga 1 turnir jadvalida 44 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Lans” esa ochkolarini 40 taga etkazib, peshqadamga yaqinlashib oldi.

"Lans" – PSJ 3:1 (2:1, 1:0)

"Bollart-Delelis"

Gollar: 1:0 – 5 Frankovski, 1:1 – 8 Ekitik, 2:1 – 28 Openda, 3:1 – 47 Klod-Moris.

"Lans" – Samba, Gradi, Danzo, Medina, Aydara, Frankovski, Fofana (Poremba, 90), Abdul Samid, Sotoka, Klod-Moris (Onana, 73), Openda (Said, 73).

PSJ – Donnarumma, Mukiele, Ramos, Markinos, Hakimi, Danilu Pereyra (Sarabiya, 58), Verratti, Fabian Ruis (Vitinya, 58), Soler (Garbi, 78), Mbappe, Ekitik (Zair-Emeri, 73).

Ogohlantirishlar: Abdul Samid (41), Gradi (45), Hakimi (45), Garbi (88), Verratti (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia