APL. "Arsenal" mehmonda "Lids"ni tor-mor etdi

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
APL 24-tur doirasidagi "Lids" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs londonliklarning yirik, 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Martin Zubimendi, Karl Darlou (avtogol), Viktor Gyokeresh va Gabriel Jezus mualliflik qildi.

"Arsenal" 24-turdan so'ng 53 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi "Man Siti" ushbu turdagi o'yinini ertaga o'tkazadi va "shaharliklar"da hozirda 46 ochko bor. "Lids" esa 26 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.


31 yanv 2026, 20:00
Leeds United — Arsenal
0 – 4
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia