Li Kan In LaLiganing boshqa jamoasiga o'tdi

Mirjalol Normatov
29 avg 2021, 18:22
Janubiy Koreyalik hujumkor yarim himoyachi Li Kan In yaqin vaqtlar ichida "Valensiya"dan "Malorka"ga o'tadi.

"Superdeporte" xabariga ko'ra, transfer uchun hech qanday summa olinmaydi. Futbolchiga APLdan ham takliflar bo'lgan, biroq u "Malorka" variantida to'xtagan. Ayni damda klub 7 ochko to'plagan.

20 yoshli koreyalik "Valensiya"ga 10 yoshida kelgan. U instagramida jamoasi bilan xayrlashib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Superdeporte