"Leyptsig" ustozining fikricha, "Bavariya" hali chempion bo'lgani yo'q
Aslanov Jasurbek
18 fev 2017, 11:20
"Leyptsig" bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttlning so'zlariga ko'ra, "Bavariya"ni hali mamlakat chempionligi bilan tabriklashga erta.
"Oldinda o'yinlar ko'p. "Bavariya" futbolchilari "Ingolshtadt" ustidan qozongan g'alabadan qanday quvonishlarini ko'rib, muvaffaqiyat qiyinchilik evaziga kelganini tushunish mumkin" - deydi Xazenxyuttl.