"Leyptsig" PSJ himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023, 16:40
Futbolchi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

"Leyptsig" rasmiy saytida PSJ himoyachisi El-Shaday Bitshiabu bilan kelishuv imzolaganini ma'lum qildi. Tomonlar 2028 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.

"Buqalar" kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilishmadi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, nemis klubi futbolchi uchun 15 mln evro to'laydi.

Bitshiabu 2017 yildan buyon PSJ safida to'p tepadi. Umuman olganda, 18 yoshli markaziy himoyachi parijliklarning asosiy tarkibida 19 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rbleipzig.com