"Leyptsig" Bundesligada 500-golini urdi. Bunday natijaga faqatgina ikki klub erisha olgan

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 18:42
"RB Leyptsig" Germaniya chempionati 15-turida "Xoffenxaym"ni mag'lubiyatga uchratdi (3:1).

Bu bellashuv "buqalar" uchun Bundesligadagi 253-bahs bo'lib, unda jamoa 500-golini urishga erishdi. Bunday natija qayd etish uchun faqatgina ikki klubga "Leyptsig"dan kamroq o'yin talab qilingan. Bu "Bavariya" (231 o'yin) va "Borussiya Menxengladbax" jamoalaridir (240 o'yin).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive