Levchenko "Neftchi"da qoladimi? Murabbiy bu savolga javob berdi

Khoja
29 noya 2025
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko farg'onaliklar bilan hali yangi shartnoma imzolamaganini e'lon qildi.

"Bugungi kunga kelib "Neftchi" bilan shartnomamni uzaytirganim yo'q. Hozircha hech qaysi boshqa jamoa bilan muzokara o'tkazganim yo'q. "Xorazm"ga qarshi bahsdan keyin "Neftchi" rahbariyati bilan gaplashaman, o'shanda barchasi aniq bo'ladi", - deb intervyu bergan Levchenko Narzulla Saydullaevga.

Eslatib o'tamiz, Levchenko 2022 yilning 2 iyulidan beri jamoani boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yil yakunida tugaydi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia