

Italiyalik hujumchi faoliyati davomida ilk marotaba “Oltin butsa” sovrinni qo'lga kiritadi.
Ushbu sovrin uchun kurashda futbolchilarning urgan gollari chempionat koefficientiga ko'paytirilib, hisobga olinadi. Kuchli beshlikda gol urgan futbolchilarning har bir goliga ikki ochkodan hisoblanadi.
“Oltin butsa-2020” sovrini uchun kurashgan futbolchilar:
1. Chiro Immobile (Lacio) – 36 gol, 72 ochko
2. Robert Levandovski (Bavariya) – 34 gol, 68 ochko
3. Krishtianu Ronaldu (Yuventus) – 31 gol, 62 ochk
4. Timo Verner (Leyptsig) – 28 gol, 56 ochko
5-6. Lionel Messi (Barselona) – 25 gol, 50 ochko
5-6. Erling Xoland (Borussiya Dortmund, Zalcburg) – 25 golo, 50 ochko
7-8. Romelu Lukaku (Inter) – 23 gol, 46 ochko
7-8. Jeymi Vardi (Lester) – 23 gol, 46 ochko
“Oltin butsa” sovrini 1968 yildan buyon Yevropaning eng yaxshi to'purariga topshirib kelinadi. Messi ushbu sovrinni qo'lga kiritish borasida mutlaq rekordsmen hisoblanadi. U olti bor “Oltin butsa”ga ega chiqqan. Krishtianu Ronalduning hisobida esa to'rtta “Oltin butsa” bor. Shuningdek, yana 9 nafar futbolchi ikki martadan ushbu sovrinni qo'lga kiritishgan.



