Levandovski, Shensni va Milik - Polsha terma jamoasi Evro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibini ma'lum qildi

Alisher
19 may 2021, 12:26
Polsha terma jamoasi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko'radigan tarkibini e'lon qildi.

Bosh murabbiy Paulu Souza quyidagi o'yinchilarni chaqirdi:


Darvozabonlar: Lukash Fabianski (Vest Xem), Voychex Shensni (Yuventus), Lukash Skorupski (Bolonya), Radoslav Maecki (Monako).

Himoyachilar: Yan Bednarek (Sautgempton), Bartosh Bereshinski (Sampdoriya), Kamil Glik (Benevento), Machey Ribus (Lokomotiv), Pavel Davidovich (Verona), Mixal Gelik (Barnsli), Kamil Piontkovski (Rakuv), Timoteush Puxach (Lex), Tomash Kendzera (Dinamo, Kiev).

Yarim himoyachilar: Pshemislav Frankovski (Chikago Fayr), Kamil Yuzvyak (Derbi Kaunti), Mateush Klix (Lids), Kacper Kozlovski (Pogon), Gjegoj Krixovyak (Lokomotiv), Karol Linetti (Torino), Yakub Moder (Brayton), Pshemislav Plaxeta (Norvich), Petr Zelinski (Napoli).

Hujumchilar: Robert Levandovski (Bavariya), Arkadiush Milik (Marsel), Karol Shviderski (PAOK), Yakub Shverchok (Pyast), David Kovnacki (Fortuna).


Zaxira ro'yxatidan yarim himoyachilar Rafal Augustynyak (Ural), Sebastyan Shimanski (Dinamo Moskva), Kamil Grosicki (Vest Bromvich), himoyachi Robert Gumny (Augsburg) o'rin oldi.

"Gerta" hujumchisi Kshishtof Pyontek jarohati sabab turnirni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pzpn.pl