Levandovski Saudiya Arabistonidan bo'lgan taklifni rad etdi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2023, 00:33
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskiga Saudiya Arabistonidan taklif tushgan.

Biroq polshalik futbolchi bu taklifni o'ylab ham ko'rmagan.

Eslatib o'tamiz, Robert o'tgan yilning yozida Kataloniya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagandi. Ushbu mavsumda u jamoa bilan LaLiga va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, 23 gol bilan Ispaniya chempionati to'purari ham bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal