

Eslatib o'tamiz, avvalroq 35 yoshli futbolchi Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat olgandi. U 32-daqiqadayoq maydonni tark etdi.
Jurnalist Elena Kondis ma'lumotlariga ko'ra, Livandovski Niderlandiyaga qarshi bellashuvni o'tkazib yuboradi, ammo Avstriyaga qarshi 2-tur bahsiga qadar tayyor holatga keladi.
Yevropa chempionati 1-tur doirasidagi Polsha - Niderlandiya o'yini 16 iyun, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.



