Levandovski o'zi qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachilarni aytdi

Mirjalol Normatov
14 dek 2021, 00:55
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski o'zi qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachilarni aytdi.

"Ikki himoyachini aytaman: Serxio Ramos hamda Jorjo Kellini. Ular juda qattiq o'ynaydi va jismonan juda kuchli. Ular o'yinning borishini o'qiy olishadi va doimo yuzida tabassumni ko'raman. Ularga qarshi o'ynash nafaqat qiyin, balki quvnoq o'tadi", - dedi Levandovski.

Ushbu mavsumda 33 yoshli polyak 15 o'yinda 16 gol hamda 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport