Levandovski: "Obameyyangning har bir goli menga ishtiyoq berdi"

Aslanov Jasurbek
14 may 2016, 14:47
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining so'zlariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" forvardi Per-Emerik Obameyyang unga ishtiyoq bergan.

Bundesliga yakunlanishiga bir tur qolganda Levandovski hisobida 29 ta, Obameyyangda esa 25 ta gol bor.

"Birinchi davrada 18 ta gol - katta muvaffaqiyat. O'shanda Obameyyangdan 3 ta golga ortda qolayotgan edim va mavsumning ikkinchi qismida u shunday davom etadi deb o'ylaganman. Obameyyangning har bir goli menga ishtiyoq bergan. Hozir esa hisobimda 29 ta gol bor. Raqobatchim qancha gol urganini bilish uchun har o'yindan so'ng natijalarni kuzatmaganman" - deydi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal