Levandovski "Maync"ga qarshi bahsda "Bavariya"ga yordam bera oladi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2016, 14:16
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Maync"ga qarshi Bundesliganing 13-tur uchrashuvida hujumchi Robert Levandovskini maydonga tushirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Polsha terma jamoasi nemis grandining so'nggi mashg'ulotida umumiy guruhda ishladi.

Bir kun oldin Levandovski mashg'ulotni yakunlay olmagan edi. "Bavariya" vakillarining ma'lum qilishicha, Robertda jiddiy jarohat yo'q.

"Maync" - "Bavariya" uchrashuvi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild