Levandovski masalasi yopildi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2026, 02:29
Robert Levandovski so'nggi mavsumlarda "Barselona" safida muvaffaqiyatli o'ynamoqda va har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

Tomash Vlodarchik ma'lumotiga ko'ra, polshalik hujumchi katta ehtimol bilan klubda qoladi. Robertning o'zi qolishni istamoqda va "Barselona" ham uni saqlab qolishdan manfaatdor. Yangi shartnoma yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Levandovski joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Meczyki.pl