Levandovski: "Istalgan hujumchi Messi bilan o'ynashni orzu qiladi"

Mirjalol Normatov
25 dek 2022, 13:28
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski PSJ futbolchisi Leo Messi bilan bir jamoada o'ynashga qarshi emasligini aytdi.

"Ayni damda Messi ko'proq o'yin tashkil qiluvchi rolida o'ynamoqda. Balki u kam gol urayotgandir, biroq, ko'p pas beryapti. Bu esa uning oddiy xususiyatlaridan biri holos. Shu sababli istalgan forvard Messi bilan birga o'ynashni istaydi", - dedi polshalik hujumchi.

Yozda Messining PSJ bilan shartnomasi yakunlanadi va katta extimol bilan buni uzaytiradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal