

“Ayni payt dunyoning eng zo'r klubi bo'lgan “Bavariya”da o'ynayapman. Bu joyda o'zimni juda yaxshi his etaman, jamoadoshlarim bilan muloqot qilishdan zavq olaman. Imkon qadar uzoq muddat davomida eng yuqori darajada futbol o'ynashni istayman. Bu 3-4 yil ichida yuz beradi deb o'ylamayman, men kamida yana 5 yilcha o'ynashni xohlayman. Balki imkonim etsa bundanda uzoqroq faoliyat olib borarman”, deydi polshalik.
32 yoshli hujumchi joriy mavsum myunxenliklar libosida 36 uchrashuvda qatnashib, 42+8 natijaga erishdi.



