Levandovski agar unga keyinchalik ham muhim o'yinchi kafolati berilsa, "Bavariya"da qolishga qarshi emas

Alisher
30 sen 2021, 17:38
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski klubda qolishga qarshi emas, ammo ma'lum bir kafolat evaziga.

Polyak futbolchisi keyinchalik ham myunxenliklarning muhim o'yinchisi bo'lishda davom etmoqchi.

"Bavariya" rahbariyati ham Levandovskining yoshiga qaramasdan, uning qolishini xohlamoqda. U kelasi yozda 34 yoshni qarshi oladi.

Hujumchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum 9ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild