Levandovski 11-bor Polshada eng yaxshi futbolchi deb topildi

Оқил Абдубарноев
22 yanv 2023, 23:05
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Polshada 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Taqdirlash marosimi 21 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tdi. Futbolchi uchun bu sovrin o'n birinchisi bo'ldi.

Levandovski o'tgan yili "Bavariya" bilan Germaniya chempioniga aylangandi. Hujumchi Polsha terma jamoasi bilan 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, turnirning 1/8 finaliga qadar yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: sport.pl