“Lester”ni boshqarish uchun uch nafar nomzod ma'lum

Narzulla Saydullayev
25 fev 2019
“Lester” rahbariyati klub sobiq bosh murabbiyi Klod Pyuelning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar ro'yxatini e'lon qildi.

Sky Sports'ning ma'lum qilishicha, klubning short-listidan Belgiya termasi murabbiyi Roberto Martines, Brendan Rojers ("Seltik") va Rafael Benites ("Nyukasl") joy olgan.

Ushbu mutaxassislarning barchasi hozirda faoliyat olib borayotgani hisobga olinib, “Lester” mutasaddilari mavsum oxirigacha vaqtinchalik murabbiy vazifasini Mayk Stouell va Adam Sedler birgalikda bajarishi haqida xabar berilgandi.

Klod Pyuelning iste'fosiga “Lester”ning so'nggi 7ta uchrashuvdagi g'alabasiz seriyasi va nursiz o'yinlari sabab bo'lgan deya baholanmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: skysports