"Lester"ni APLda g'olib qilgan Raneri Fransiya chempionini boshqarishi mumkin

Tolibjon Qosimov
1 iyun 2021, 14:38
Ortda qolgan mavsumda Fransiya chempioni bo'lgan "Lill" bosh murabbiyi Kristof Galte 25 may sanasida iste'foga chiqishini e'lon qilgan edi.

Ayni vaqtda "Lill" ushbu lavozimga "Lester"ni APLda chempion qilishni uddalagan Klaudio Raneri nomzodini ko'rib chiqmoqda. "Foot Mercato"ning xabar berishicha, 69 yoshli italiyalik mutaxassis muzokaralarga tayyor.

Shuningdek, nomzodlar orasida Loran Blan, Patrik Vieyra, Lyusen Favr ham Fotix Terim ham bor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Foot Mercato