"Lester"dagilar Tilemansning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etishdi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2022, 21:51
"Tulkilar" futbolchiga umid bog'lashmoqda.

"Lester" rahbari Ayyavatt Shrivaddanaprabxa yarim himoyachi Yuri Tilemansning "Arsenal" yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad qildi.

"Bu bo'lmagan gap. Hozircha takliflar kelib tushmagan. Biz "Arsenal" va "Manchester Yunayted"dan aniq bir taklif olganimiz yo'q", – dedi Ayyavatt.

Avvalroq Tilemans "Arsenal" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano