“Lester” ustozi: “Ayrim futbolchilarimizda koronavirus alomatlari paydo bo'ldi”

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020, 19:39
Brenden Rojers “tulkilar”ning uch a'zosi koronavirusga chalinganini oshkor qildi.

“Bir necha o'yinchilarimizda koronavirus alomati va belgilari paydo bo'ldi. Zarur bo'lgan chora-tadbirlarni amalga oshirdik va ehtiyotkorlikni saqlagan holda ularni jamoadan ajratib qo'yganmiz”, deydi murabbiy.

Avvalroq, Premer-liga barcha jamoalarining a'zolari koronavirusga tekshiruvdan o'tayotgani haqida xabar bergandik. Agar tekshiruvlar ijobiy natija beradigan bo'lsa chempionat uchrashuvlari qoldiriladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport