

Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va shartnoma borasida kelishuvga erishishdi. Yaqin kunlarda bitim rasman e'lon qilinadi.
Bertran "tulkilar" bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Bitimda hamkorlikni bir yilga uzaytirish borasida band bor.
31 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.



